

BILIMGA TO‘LDIRAMIZ
DATA endi - ta’lim stansiyasi
Birinchi bepul darsga qatnashish uchun ariza qoldiring
Bizning afzalliklar
Ta’lim jarayoningiz qulayliklarga to‘la bo‘lishi tarafdorimiz

Dars jarayonida o‘quvchilarga kerakli jihozlar beriladi
O‘quvchilarimiz dars mobaynida kompyuter, kamera, VR ko’zoynak va grafik planshetlar bilan ta’minlanadi. Ular darsdan tashqari vaqtda ham kelib, shug’ullanishlari mumkin.

Ustozlarimiz katta tajribaga ega
O‘quv markazimizda o‘z sohasida 1 yildan 22 yilgacha tajribaga ega ustozlar ta’lim berishadi. Darslarimiz 90% amaliyotga asoslangan.

Loyihangizni rivojlantirish uchun kuchli kompyuterlar mavjud
Markazimizda o‘z loyihasiga ega o‘quvchilar va bitiruvchilar uchun 80 ta iMac kompyuterlaridan birida ishlash imkoniyati yaratilgan.

O‘z hamfikrlaringizni topish uchun bepul kofebreyk tashkil qilingan
Darslar davomida 15 daqiqa tanaffus qilib, do‘stlar orttirish va ko‘zlarga dam berish uchun bepul kofebreykka chiqishingiz mumkin.

IT Park bilan hamkorlikdagi sertifikat beramiz
Kurs yakunidagi imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir o‘quvchiga IT Park tomonidan tasdiqlangan sertifikat topshiriladi.

Ish topishingizga yordam beramiz
Markazimizda zamonaviy sohalar bo‘yicha ish vakansiyalarini topib beruvchi Bandlik bo‘limi tashkil qilingan.

Kurslarni tanlash uchun mutaxassilardan tafsiya oling
O‘z qiziqishlaringizga mos kursni tanlashda ular yordam berishadi
Sizning barcha ma’lumotlaringiz himoyalangan
Biz bilan 3 000dan ortiq inson kasbli bo‘ldi



Kutilayotgan uchrashuvlar
Markazimizda zamonaviy sohalar bo‘yicha ish vakansiyalarini topib beruvchi Bandlik bo‘limi tashkil qilingan.
Biz haqimizda
Ta’lim olish jarayoningiz maroqli bo‘lishi uchun qulayliklar yaratganmiz. Bilimni esa o‘z kasbining ustalari beradi.

O‘quvchilarning fikrlari
Front end kursi bitiruvchilarining fikri

Biz o‘qitadigan sohalar bo‘yicha ish o‘rinlari
DATA endi - ta’lim stansiyasi,

Ish stansiyasidagi o‘quvchilar
O‘quvchilarimiz quyidagi brendlar bilan ishlashib kelishmoqda






Ko‘p beriladigan savollar
Avval IT sohasi bilan shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?
Kurslar rejasiga ko‘ra o‘quv mashg’ulotlari o‘quvchilarni noldan boshlab o‘qitishga mo‘ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib, sohani bemalol egallashi mumkin.
Menda kompyuter yo‘q, qo‘shimcha shug‘ullanish uchun ham kompyuter bilan ta’minlaysizlarmi?
Ha, dars jarayoni va undan tashqari vaqtda ham o’quvchilar amaliyot qilishi uchun kompyuterlar beriladi.
Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?
Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O‘quvchilar o‘z erkin vaqtiga qarab kursga qatnashishi mumkin.
Darslar qancha vaqt davom etadi?
Kurslar davomiyligi 1 oydan 8 oygacha, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo‘ladi. Darslarning 90% qismi amaliy tarzda tashkil qilingan.
Kursni tugatgach, sertifikat beriladimi?
Ha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgan har bir o'quvchiga IT Park tomonidan tasdiqlangan sertifikat topshiriladi.
Sertifikat menga qanday imkoniyatlarni beradi?
U yordamida bitiruvchilarimiz BHMning 25 baravari (2022-yil uchun Bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so'mni tashkil qiladi), ya’ni 7.500.000 so'm miqdorida iste’mol krediti olishlari mumkin.
Kursni tugatgach, ishga kira olamanmi?
O’quv markazimida o’quvchilarga mos ish vakansiyalarini topib beruvchi Bandlik bo’limi tashkil qilingan. Ular yordamida soha bo’yicha ish topishingiz osonlashadi, ammo ishga kirish va uni davom qildirish — bu o’z harakatlaringizga bog’liq.
